Tailandda o‘tadigan va jahon chempionatiga yo‘llanma beradigan Osiyo Kubogi U-17ga qur’a tashlandi. Marosimni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalarni o‘tkazish Departamenti rahbari, o‘zbekistonlik Avaz Berdiqulov olib bordi.
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi 2018 yilgi qit’a chempionatida yomon natija (16 jamoa orasida 14-o‘rin) qayd etgani uchun oxirgi savatchadan joy olgandi. Qu’a natijalariga ko‘ra, Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi guruhda Yaponiya, Hindiston va Vetnamga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
“A” guruhi:
1. Tailand
2. Yaman
3. Malayziya
4. Laos
“B” guruhi:
1. Koreya Respublikasi
2. Eron
3. Afg‘oniston
4. Qatar
“C” guruhi:
1. Tojikiston
2. Avstraliya
3. Saudiya Arabistoni
4. Xitoy
“D” guruhi:
1. Yaponiya
2. Hindiston
3. Vetnam
4. O‘zbekiston
Musobaqa 15 iyundan 2 iyulgacha Bangkok va Chonburi shaharlarida o‘tkaziladi.O‘zbekiston U20 jamoasi birinchi o‘yinini 17 iyun kuni Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi. 20 iyun kuni Hindiston, 23 iyun kuni Vetnam qarshi o‘yinlari bilan guruh bahslariga yakun yasaydi.
O‘zA