Gruziya poytaxti Tbilisida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning oxirgi kunida +100 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Shohrux Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yurtdoshimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda slovakiyalik Marius Fizeldan ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha turnir davomida Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin, Obidxon No‘’monov (-73 kg) kumush medali bilan taqdirlangan edi,– deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zA