Bugun, 27-mart kuni uchirilgan KXDRning ikkita ballistik raketasi taxminan 350 kilometr uchib, Yapon dengiziga qulagan. Parvozning maksimal balandligi 50 kilometrni tashkil qilgan. Bu haqda Yaponiya Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlik bayonotida “ular oʻzgaruvchan trayektoriya boʻylab uchishgan”.

Raketalar Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga kelib tushgan. Vazirlik bayonotiga koʻra, baliq ovlash kemalariga hech qanday ziyon yetmagan.

Shu bilan birga, “Yonhap” agentligi Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qoʻmitasiga tayanib, raketalar Xvanxe-Pukto provinsiyasining Chunxva rayonidan uchirilgan, deb xabar beradi.

Shuningdek, taxminlarga koʻra, bu raketa uchirilishlari AQSH va Janubiy Koreyaning qoʻshma harbiy mashqlariga qarshi norozilik sifatida amalga oshirilgan boʻlishi mumkin.

Bu yil boshidan beri KXDR tomonidan uchirilgan oʻninchi raketadir.

OʻzA