Kecha, 24 mart kuni tunda futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi.

Srechko Katanets bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoamiz FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistonidagi yig‘inda birinchi o‘rtoqlik o‘yinini Boliviya terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Eldor Shomurodov kiritgan yagona gol evaziga hamyurtlarimiz 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Terma jamoamiz navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 28 mart kuni Janubiy Amerikaning Venesuela terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Timur Kapadze bosh murabbiyligidagi olimpiyachilar jamoasi esa Marokashning Rabot shahrida Kot-dʼIvuar olimpiyachilariga qarshi bahs olib bordi. O‘yin nursiz durang bilan poyoniga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, “Parij-2024” Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurashga hozirlanayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Marokashdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida 22 mart kuni o‘tgan ilk o‘rtoqlik uchrashuvida Togo terma jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etgan edi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA