Tojikistonning Dushanbe shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimiz sportchilari umumjamoada 2-o‘rinni egalladi.

Shiddatli bahslar mobaynida mahoratli murabbiylar Aleksey Zubarev, Ruslan Shoazamov, No‘monjon Jahonov va Rafail Miftahovning shogirdlari Shahobiddin Boltaboyev, Hayot Abdullayev, Karimjon Nazirov, Samandar Saydullayev, Sherzod Qurbonaliyev, Dostonbek Jumaboyev, Otabek Turarov, Aleksandra Fomenkova, Olesya Gudkova hamda Ravshan Bahronov g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyish etdi.

Bu esa O‘zbekiston terma jamoasining 7 ta davlat jamoalari orasida umumjamoada 2-o‘rinni egallashini ta’minladi, deyiladi Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.

O‘zA