Turkmanistonda qurilayotgan yangi Arkadag‘ shahri (Turkmaniston xalqi sobiq Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni shunday atashadi) davlat maqomiga ega bo‘lgan shahar maqomini oldi. Juma kuni “Neytralnыy Turkmenistan” gazetasida e’lon qilingan “Arkadag‘ shahri to‘g‘risida”gi qonunda shu haqda aytiladi.
“Arkadag‘ shahri uchun alohida huquqiy maqom – davlat ahamiyatidagi shahar maqomi belgilanadi. Arkadag‘ shahrining huquqiy maqomi Turkmaniston Konstitutsiyasiga asoslanadi va Turkmanistonning amaldagi Qonuni va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlari bilan belgilanadi”, – deyiladi hujjatda.
Ta’kidlanishicha, shaharning huquqiy maqomi uning ma’muriy hududiy birlik sifatida alohida ahamiyatga molikligini bildirib, mamlakatning muvaffaqiyatlari hamda uning uzoq muddatli istiqboli va taraqqiyoti bilan belgilanadi.