Turkiya muxolifati yetakchisi, prezidentlikka nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida birinchi turda g‘alaba qozonishini kutayotganini aytdi.

“Saylovlar birinchi turda tugaydi. Fuqarolar saylovga boradi va o‘z irodasini ko‘rsatadi. Ular jamiyatda o‘zgarishlar bo‘lishini istaydi”, dedi muxolifat yetakchisi “Halk TV”dagi chiqishida.

Qilichdoro‘g‘li saylovlardagi g‘alabasidan so‘ng hozirgi hashamatli davlat rahbari saroyini universitetga o‘tkazib berishga yoki ilm-fan markaziga aylantirishga va’da berdi.

U davlat yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘anni yangi prezident saroyi qurish uchun 350 million dollarga tushgani uchun bir necha bor tanqid qilgan.

Muxolifat yetakchisi, shuningdek, ayollarning hukumatdagi vakilligi sonini oshirish rejasini ma’lum qildi hamda Istanbul va Anqara hokimlari Ekram Imomo‘g‘li va Mansur Yavashni vitse-prezident etib tayinlash niyatini tasdiqladi.

Qilichdoro‘g‘li va Erdog‘an saylovlarda asosiy raqib hisoblanadi.

Turkiyada avvalgi prezidentlik saylovlari 2018 yil 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan, Erdog‘an o‘shanda 52,06 ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan edi.

O‘zA