Qirg‘iz Respublikasi hukumati mamlakatdan qimmatbaho metall va tarkibida shunday modda bo‘lgan mahsulotlarni olib chiqishga olti oylik cheklov joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar qildi.
“Vazirlar Mahkamasi majlisida olti oy muddatga qimmatbaho metall va tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan tovarlarni respublika hududidan olib chiqishga miqdoriy cheklov joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur hujjat zargarlik sanoati faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tegishli xom ashyodan tayyor buyumlar ishlab chiqarish rivojiga ko‘maklashishga qaratilgan.
O‘zA