Malavi hukumati Afrika janubiga ikkinchi bor yopirilgan “Freddi” tropik sikloni tufayli qurbon bo‘lganlar soni 270 kishiga yetganini tasdiqladi.
Bu haqda 15 mart kuni Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Xabarda keltirilishicha, tabiiy ofatdan 707 kishi jabr ko‘rgan, 41 kishi bedarak ketgan. Afrikaning bir nechta mamlakatlarida hamon kuchli jala davom etmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni aniqlanmoqda, ularning soni 300 kishiga yetishi mumkin.
Avvalroq tabiiy ofat tufayli Malavi va Mozambekda 15 kishi halok bo‘lgani haqida xabar tarqatilgan edi.