Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefonda so‘zlashib don bo‘yicha bitimni muhokama qildi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti Turkiya TIV ma’lumotlariga tayanib.
“Bugun (15 mart) Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat tashqi siyosat idorasi rahbarlari don bo‘yicha Istanbul bitimini hamda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi”, – degan Turkiya tashqi siyosat idorasi RIA Novosti muxbiriga bergan xabarida.