Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya va Xitoy elchilarini qabul qildi, deb yozmoqda «Kazinform» agentligi Oqo‘rda matbuot xizmatiga tayanib.
Rossiya Federatsiyasi elchisi Aleksey Borodavkin bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida davlat rahbari Prezident Vladimir Putinning joriy yilda Qozog‘istonga kutilayotgan tashrifi, shuningdek, joriy yil kuzda Qostanay viloyatida bo‘lib o‘tadigan hududlarlararo XIX-forumi muhim ekanini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Qozog‘iston – Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikning hozirgi ahvoli hamda istiqbollari ham muhokama qilingani aytilmoqda mazkur xabarda.