Ozarbayjon poytaxti Bokuda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi uchinchi bosqich musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
48 davlatning 170 dan ziyod sportchisi qatnashayotgan bahslarda mamlakatimiz sharafini Oksana Chusovitina, Rasuljon Abdurahimov, Asadbek A’zamov, O‘tkir Jo‘rayev, Gulnoz Jumabekova, Lobar Amrillayeva himoya qiladi. Musobaqalar 12 martga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir hafta muqaddam Dohada yakunlangan Jahon kubogi ikkinchi bosqichida hamyurtimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA