8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva bir xil funksiyani bajaradigan, ya’ni bir xil lavozimni egallagan erkaklar va ayollarga teng maosh to‘lash to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi.

“Agencia Brasil” nashrining yozishicha, Braziliyada erkaklarga nisbatan 20 foiz kam maosh oladigan ayollar ish haqi oshiriladigan bo‘ldi. Qonun loyihasi matnida kompaniyalar o‘zlarining ish haqi siyosatini shaffofroq qilishi, tekshiruvlarni kengaytirishi hamda ish haqi diskriminatsiyasiga qarshi kurashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

2019 yil davlat statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, barcha kasblarda ayollar erkaklarga qaraganda kamroq maosh olishi aniqlangan. 2012 va 2018 yillar oralig‘ida ish haqi tengsizligi pasaygan taqdirda ham, ayollarga erkaklarga nisbatan o‘rtacha 20,5 foizga kamroq maosh to‘langan.

Braziliyada Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash hukumat tashabbusi bilan ayollar huquqini bevosita targ‘ib qiluvchi qator chora-tadbirlar e’lon qilinishi bilan nishonlandi, deyish mumkin.

O‘zA