FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri nihoyasiga yetdi. Dunyoning 49 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan so‘ng umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Turnirda sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi. Murosasiz bellashuvlarda Murodjon Yo‘ldoshev -73 kg, Davlat Bobonov -90 kg va Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida oltin medalga ega chiqdi. Qayd etish joiz, bu “Katta Dubulg‘a” turnirlarida medallar soni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord!

Musobaqa qahramonlari:

Oltin medal:

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev

-90 kg: Davlat Bobonov

+100 kg: Alisher Yusupov

Kumush medal:

-66 kg: Sardor Nurillayev

Bronza medal:

-60 kg: Doston Ro‘ziyev

-66 kg: Muhriddin Tilovov

-81 kg: Muso Sobirov

-70 kg: Gulnoza Matniyozova.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA