FOTOREPORTAJ

Milliy sportimiz Kurash inson tanasi sihatligini mustahkamlabgina qolmay, aholi orasida ayniqsa, yoshlar qalbida milliy g‘ururni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish orqali azaliy qadriyatlarimizga mehru muhabbat hislarini jilolantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Bugun poytaxtimizdagi «Universal sport saroyi» yurtimizning zabardast polvonlarini gilamga chorladi.

Chempionat gilamiga  60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 vazn toifasidagi erkaklar bilan bir qatorda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87, +87 vazndagi Barchinoylar chiqadilar. Shuningdek, mazkur musobaqada 4 karra jahon chempioni, Osiyo chempioni Muhsin Hisomiddinov, 2 karra jahon va Osiyo chempioni Sherali Jo‘rayev, Osiyo chempionati sovrindori, bir qator xalqaro turnirlar g‘olibi Jonibek Qozoqov, to‘y kurashlari orqali xalqimizga tanilgan  surxondaryolik Zohid polvon Husainov, Dzyudo kurashi bo‘yicha Olimpiada qatnashchisi, Osiyo o‘yinlari sovrindori Bekmurod Oltiboyev ishtirok etmoqda. Chempionatda  600 nafarga yaqin polvon g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashadi.

G‘oliblar O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritish bilan birga 2023 yilgi jahon va Osiyo chempionatlari hamda joriy yilda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA