BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi o‘zining moliyaviy amaliyotlar markazini Budapeshtga ko‘chiradi, deya ma’lum qildi seshanba kuni Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Jahon oziq-ovqat dasturining Rimdagi qarorgohida mazkur tashkilot ijrochi direktori Devid Bisli bilan kelishuv imzolangandan keyin.
“Budapeshtda BMT Jahon oziq-ovqat dasturining global moliyaviy amaliyotlar markazi tashkil etiladi”, – dedi Peter Siyyarto. Uning aniqlik kiritishicha, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi Vengriya poytaxtiga o‘tkaziladi. Yangi markazda 80 kishi ishlaydi, deyilmoqda xabarda.