Buning uchun IBA e’lon qilgan Olimpiya saralash tizimi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinishi lozim. Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan “Parij-2024” Olimpiadasidan chetlashtirilganiga qaramay Fransiya poytaxtida o‘tadigan to‘rt yillik o‘yinlarning saralash tizimini e’lon qildi.
O‘tgan yil iyun oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi IBA “Parij-2024” o‘yinlardagi boks musobaqalarini o‘tkazish, uning saralashini tashkil etishni o‘z zimmasiga olganligini, Yevropa o‘yinlari, Solomon orollaridagi Tinch okeani o‘yinlari va shu yil kuzda o‘tadigan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlari Olimpiada o‘yinlarining saralash tizimi sifatida qabul qilinganini rasman tasdiqlaganda Xalqaro boks assotsiatsiyasi tomonidan yangi Olimpiya saralash siklini e’lon qildi, deyiladi insidethegames sayti xabarida.
Unga ko‘ra, joriy yil 15-26 mart kunlari Hindistonda o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi hamda 1-14 may kunlari Toshkentda erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatlari, shuningdek beshta qit’a IBA organlari tomonidan o‘tkaziladigan chempionatlar, kelasi yilning may oyida Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilishi rejalashtirilgan uchta “Oltin kamar” turnirlari “Parij-2024” saralash tizimi sanaladi.
“Parij-2024” o‘yinlaridagi boks musobaqalari xaritasi bunday tumanli vaziyatga kelishi, XOQ va IBA o‘rtasidagi chigal munosabatlar bokschilarning Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa bo‘lgani, deyiladi xabarda.
IBA o‘z navbatida, “Parij-2024” ostonasidagi ikkita rasmiy jahon chempionatini Xalqaro olimpiya qo‘mitasi “tan olmasligi”ni, Olimpiya saralash tizimini xalqaro sport tashkiloti emas XOQ tomonidan e’lon qilinishi “sport prinsiplari”ga zid hodisa ekanligi, IBA XOQ bilan boks, uning sportchilari va Olimpiya o‘yinlarining barqarorligi va sifati uchun hamkorlik qilishga ochiqligini, 2024 yilgi Olimpiadada boks uchun boshqa saralash mezonlari joriy etilmasligi yuzasidan bayonot berdi.
Bundan tashqari, IBA Hindiston va O‘zbekistonda o‘tkaziladigan rasmiy jahon chempionatida ishtirok etmaslik bo‘yicha ayrim davlatlarning boykot e’lon qilishi bokschilarning haq-huquqlarini poymol etish bo‘lib, rasmiy boks musobaqalarida qatnashish istagida bo‘lgan jamoalarni, bokschilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA