Turkiyaning janubidagi Xatay viloyatida kecha mahalliy vaqt bilan oqshom soat sakkizlarda uch daqiqa oralig‘ida 6,4 va 5,8 magnitudali zilzilalar sodir etilishi oqibatida 4 kishi xalok bo‘ldi, 294 kishi jarohatlandi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti xabar berdi.

Birinchi zilzila manbai 16,7 kilometr va ikkinchisi 7 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

«Anadolu» agentligining xabar berishicha, zilzila Suriya, Livan, Iordaniya, Iroq, Falastin va Isroilda ham sezilgan.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kecha kunduz kuni aynan Xatay viloyatida bo‘lib qaytgan edi.

Davlat rahbari 6 fevraldan beri sodir etilgan zilzilalar oqibatida 41 ming 156 kishi vafot etganini ma’lum qilgan.

Uning ma’lum qilishicha, 118 ming turar-joy binosi jiddiy zarar ko‘rgan, ular buzib tashlanadi. “Talafotning hajmini o‘rganish ishlari nihoyasiga yetmoqda”, dedi yetakchi.

Erdog‘an zilziladan keyin 15 kun ichida 114 ming 834 kishi sog‘-salomat qutqarib olingani, 1 million 684 kishi vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlangani xabarini berdi.

Prezidentning ishontirib aytishicha, tabiiy ofat mintaqasida uy-joyini yo‘qotganlar bir yil ichida yangi xonadonlarga ko‘chib kiradilar.

 

O‘zA