Viktoriya Panfilova, jurnalist

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlash, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tinchlikni asrashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Jurnalist sifatida yurtingizdagi islohotlarni kuzatib boraman. 

Ayni ushbu masalaga bo‘lgan e’tibor va yondoshuv meni befarq qoldirmadi. Oldin ham bu masalaga oid uchrashuv va anjumanlar bo‘lgan. Ammo hozirgisini juda muhim qadam deb hisoblash mumkin. Afg‘oniston xalqini ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan ushbu anjumandan umidimiz katta.

 

O‘zA