18 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov vayronkor zilziladan jabr chekkan Gaziantep shahrida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bilan uchrashdi.
Vazir O‘zbekiston Prezidenti, o‘zbek xalqi nomidan Turkiyaga chuqur hamdardlik bildirdi.
“Ushbu tabiiy ofat oqibatlari barchamizning qalblarimizni chuqur yaraladi. Bu og‘ir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz”, deya ta’kidladi u.
Shuningdek, “Turkiya tashqi ishlar vaziri, qardoshim Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Turkiyaning Gaziantep shahrida uchrashdim”, deb yozgan Baxtiyor Saidov o‘zining telegram kanalida.
O‘zA