Gruziyaning Batumi shahrida sablyachi qizlar o‘rtasida o‘tgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari g‘oliblikka erishdi.
Yakkalik bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolaridan Fernanda Errera barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Dilnoz Usnatdinova hamda Ayakoz Jumamuratova bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz jamoaviy dasturda ham o‘z ustunligini namoyish etdi. Ushbu yo‘nalishda terma jamoamiz a’zolari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zA