2028 yil Los-Anjelesda o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining o‘tkazilish sanalari e’lon qilindi.

Bu haqda Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi sayti xabar berdi.

Yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2028 yilning 15-27 avgust kunlari, yozgi Olimpiya o‘yinlari esa 14-30 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi, deyiladi xabarda.

AQSHning Los-Anjeles shahri 1932 va 1984 yillari Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan. Yozgi Paralimpiya o‘yinlari esa ushbu shaharda ilk bor tashkil etilmoqda.

 

O‘zA