Rossiya Federatsiyasining Komsomolsk shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari 9 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.

150 nafardan ziyod yosh bokschi ishtirok etgan turnirda yurtimiz sportchilaridan Abdulaziz Abdurahmonov oltin, Sobirjon Tostanov, Abdulloh Madaminov, Samandar Olimov, Boburbek Bobojonov kumush, Ilhom Ergashev, Samandar Rahimjonov, Jamoliddin Qazoqov, Ravshanjon Soliyev bronza medallariga musharraf bo‘ldi.  ‘

Bekzod Xidirov bosh murabbiyligidagi 20 nafar o‘smir bokschilarimiz esa ayni kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

10 dan ziyod davlatlarning umidli bokschilari qatnashyotgan turnir 23 fevralda yakunlanadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA