Tailandda o‘tkazilgan Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) direktorlar kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston boks federatsiyasining 4 nafar mutaxassisi ASBC komissiyalari a’zoligiga saylandi.
Bu haqda qit’a boks konfederatsiyasi xabar tarqatdi.
Unda aytilishicha, 2023 yilgi sport tadbirlari davri uchun O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev musobaqalar o‘tkazish komissiyasi a’zoligiga saylangan bo‘lsa, Dilshod Kazakov Tibbiyot komissiyasi raisi sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, Malik Babayev ASBC marketing komissiyasiga, Tamila Sarixanova Ayollar komissiyasi a’zolari qatoridan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz boks mutaxassislari o‘tgan yili Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) qo‘mitalari tarkibiga ham kiritilgandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA