“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi ishchan ruhda davom etmoqda.
Unda so‘zga chiqqan Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni mamlakatdagi nizolardan eng ko‘p afg‘on xalqi jabr chekayotganini ta’kidladi.
– Afg‘oniston muammosi global tus olgan. Shu bois mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi O‘zbekiston tashabbusi g‘oyat qadrlidir. Va ishonamizki, bu yo‘lda hamjihatlikda amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan samara beradi, – dedi Salohiddin Rabboni.
O‘zA