6 fevral kuni Turkiya janubida sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida kamida 35 mingdan ortiq insonlar halok bo‘lgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Ayni paytda bir necha davlatlar qatori falokat ro‘y bergan hududda O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari bilan hamkorlikda ko‘mak ishlari jadal olib borilmoqda.
Mahalliy aholi esa har qancha og‘ir bo‘lmasin, taqdirga tan berib, hayotni qayta boshlashga harakat qilmoqda.
Mamlakatda asta-sekin hayot iziga qaytmoqda.