Qahramonmarashdagi zilzila kuchi va ko‘lami bo‘yicha 1999 yilda ro‘y bergan zilziladan uch barobar kuchli bo‘ldi, dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ofat ro‘y bergan hududga takroran amalga oshirgan safarida.
AZERTAJ axborot agentligining yozishicha, Turkiya Respublikasi Prezidenti 11 fevralda Esonbug‘a aeroportidan Diyarbakirga uchib ketgan.
Erdog‘anning ta’kidlashicha, davlat o‘zining barcha kuchlarini safarbar etgan. «Bizga ishoning. Biz fuqarolarimizni kulfatda, ko‘chada qoldirmaganmiz, qoldirmaymiz ham. Yuzlab binolarni qaytadan quramiz. Zilziladan qattiq zarar ko‘rgan shaharlarni qayta tiklash rejasini tuzib chiqamiz».