TAKLIF
Ma’lumki, yoshlar nikohdan o‘tgach, kelin yangi xonadon ro‘yxatiga (propiskaga) kiritilishi lozim. O‘z-o‘zidan yosh oilada tug‘iladigan farzandlar ham ana shu xonadonda ro‘yxatda bo‘lishlari kerak. Ammo hayotda har doim ham bunday bo‘lmayapti.
Ko‘ryapmiz, ba’zida qaynona, ba’zida qaynotalarning allaqanday vajlar asosida kelinlarini ro‘yxatga olishni istamasliklari oqibatida kelinlar va go‘daklar arosatda qiynalmoqda. Bu muammoni adolatli hal qilish joiz.
Nikoh qayd etilgach, kelin elektron tartib asosida kuyov ro‘yxatda turgan manzilga ro‘yxatga qo‘yilishi joriy etilsa, ko‘plab muammolarning oldi olinib, sarsongarchiliklarga chek qo‘yilardi.
Mutasaddi vazirlik-idoralar bu masalani chuqur o‘rganib, oson hal qilish, qulaylashtirish haqida choralar ko‘rsa, oqilona ish bo‘lar edi…
Maqsuda Vorisova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi