Joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi.
Yer silkinishi oqibatida mamlakatda 6 mingdan ziyod inshootlar vayron bo‘lgan.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.
Bugungacha O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.
Turkiya janubiy viloyatlarida 13 milliondan ortiq odam jabr ko‘rgan.