Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9 fevral kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-7, kechqurun 0-2 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir ba’zi joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir ba’zi joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir ba’zi joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir ba’zi joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim  hodisalar  

8-13 fevral kunlari tog‘li tumanlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

O‘zA