Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 6 fevral kuni mamlayeatda sodir etilgan kuchli zilzila tufayli 10 viloyatda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Bu haqda “Resmi Gazete”da e’lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, Turkiyaning Adana, Adiyamon, Diyorbakir, G‘aziantep, Xatay, Qahramonmarash, Kilis, Malatya, Osmaniye va Shanliurfa viloyatlarida 8 fevral soat 01:00 dan boshlab, uch oy muddatga favqulodda holat e’lon qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 5894 kishi xalok bo‘lgan, 34 ming 810 kishi jarohatlangan. Vayronalar ichidan sakkiz ming atrofida inson qutqarilgan.

O‘zA