Hindistonning Xaryana shtatida “Surajkund International Crafts Mela” 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur festivalda hunarmand, qo‘shiqchi va sozandalardan tashkil topgan O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda va mamlakatimizning turizm salohiyati, boy hunarmandchiligi va madaniyatini targ‘ib qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, festivalda har yili Hindistonning barcha mintaqalari va dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari vakillari, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar va mahalliy fuqarolar ishtirok etadi. Mazkur tadbir hunarmandchilik sohasidagi dunyodagi eng yirik festival-yarmarkalardan biri sanaladi.
“Surajkund International Crafts Mela” 36-Xalqaro hunarmandchilik festivalida O‘zbekiston pavilioniga mahalliy va xorijlik sayyohlar tomonidan katta qiziqish bildirilgan. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi raqqosalari ijrosidagi “Lazgi” ashula va raqs ansambli ham xorijlik turistlarni befarq qoldirmayapti.
Festival joriy yilning 20 fevraliga qadar davom etadi.
O‘zA