16 yanvardan Belarusiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Tartib-qoida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.
Endi kuchaytiruvchi emlash har olti oyda amalga oshirilishi kerak. Shu bilan birga, bemorning yoshi va sog‘lig‘ining xususiyatiga mos keladigan bo‘lsa, bu maqsadda mavjud bo‘lgan har qanday emlash turidan foydalanish mumkin.
Yana bir muhim o‘zgarish shundan iboratki, bolalar uchun kuchaytiruvchi emlashga ruxsat berildi. Endi besh yoshdan boshlab bolalar emlanishlari mumkin.
Koronavirus va boshqa virusli infeksiyalarga qarshi bir vaqtda emlash ham maqbul topildi. Ikki haftalik oraliq talab qilinmaydi. Bu o‘rinda preparatlarning ko‘rsatmalari aksincha, ta’sirga ega bo‘lmasligi kerak.
O‘zA