Xitoy janubi-g‘arbida joylashgan Tibet avtonom viloyatida qor ko‘chkisi tufayli 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi mamlakat markaziy televideniyesi.

Axborotda aytilishicha, kecha – 19 yanvar kuni Tibetning Ningchi shahri yaqinidagi avtomobil tunneli chiqishida qor ko‘chkisi tushib, 13 kishini qiyin ahvolda qoldirgan. Odamlar va mashinalar qor ostida qolgan.

«Sinxua» axborot agentligi xabariga ko‘ra, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Qutqaruv operatsiyasiga 700 dan ziyod kishi jalb qilingan.

O‘zA