Yaponiya poytaxti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, bu safar Tokioda yashovchi va yaqin orada xorijiy mamlakatga chiqmagan yana bir erkakda maymun chechagi kasali aniqlandi. Bu kun chiqar yurtdagi to‘qqizinchi shunday holat.

Xabarga ko‘ra, Tokioda yashovchi 30-40 yosh oralig‘idagi erkak 16 yanvar kuni toshma, isitma va umumiy bezovtalik shikoyati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozir uning ahvoli barqaror. Mutaxassislar ayni dam infeksiya yuqishi sababini aniqlashga harakat qilishyapti.

Qayd etilishicha, maymun poxi odamlar orasida uchraydigan, kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya. Odatda yengil kechadigan bunday holatda ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, faqat ba’zi insonlarda asorat paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilari isitma, bosh, mushak, bel og‘rig‘i, limfa tuguni shishishi, titroq va charchoq hisoblanadi. Ko‘pincha yuzdan boshlanadigan va keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin. Toshma o‘zgaradi va oxir-oqibat qora qo‘tir hosil bo‘lishidan oldin turli bosqichdan o‘tadi, keyinchalik toshma yo‘qoladi.

O‘tgan yil iyul oyida JSST ushbu epidemiyani xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat, deb e’lon qildi va epidemiya Yevropadan tashqari dunyoning barcha mintaqalari uchun o‘rtacha xavf tug‘dirishini ta’kidladi. Tashkilot maymun chechagiga qarshi ommaviy emlashni tavsiya etmaydi va mavjud vaksinalar qay darajada samarali ekanligi haqida hali ma’lumotga ega emas.

Hozir 110 mamlakatda maymun chechagi bilan xastalanish holati kuzatilgan.

O‘zA