Gonduras hukumati Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida qahva eksportchi mamlakatlar tashkilotini tuzishni taklif etdi, deb ma’lum qildi mamlakat Prezidenti Siomara Kastro.
“Biz Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida qahva eksportchi mamlakatlar tashkilotini (ORES) tuzish taklifini ilgari surmoqchimiz va shu yo‘l bilan dunyo bozorida adolatli narx bo‘yicha raqobatlashish niyatidamiz”, – deb yozdi u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Gonduras qahva ishlab chiqarish bo‘yicha Amerikada Braziliya va Kolumbidan keyngi uchinchi yirik mamlakat hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni egallaydi, mamlakatning aksariyat hududida fermerlar qahva yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
2021-2022 yilda Gondurasning qahva eksporti olti million qopdan oshdi. Mamlakatning qishloq xo‘jaligi yalpi ichki mahsuloti hajmida qahva taxminan 38 foizni tashkil etgan.