2018-yilning 18-23-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev boshchiligidagi delegatsiya Braziliya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan Sakkizinchi Jahon suv forumida ishtirok etish o‘rin olgan. Ushbu forum barqaror rivojlanish, suv resurslarini boshqarish va ushbu sohada global kun tartibini shakllantirish masalalari bo‘yicha tajriba almashish uchun eng katta maydon hisoblanadi.
Forum natijasi bo‘yicha vazirlar deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Mazkur deklaratsiyada xalqaro hamjamiyat va milliy hukumatlarga suvdan adolatli foydalanish imkoniyatini ta’minlash va suv resurslarini ehtiyotkorlik bilan boshqarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga chaqiriq kiradi.