2024 yilgi Parij Olimpiadasi ochilish marosimining muhim o‘rindiqlari uchun chiptalar narxi 25 000 yevrogacha bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu, 26 600 dollar deganidir.
“Parij-2024” tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange yetakchiligidagi mutaxassislar Fransiya poytaxtida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi jarayonida sportchilar shahardagi Sena daryosi bo‘ylab sayohat qilishlari konsepsiyasini ishlab chiqdi.
O‘yinlarning rasmiy tantanalari esa stadionda tashkil etilib, unda 600 ming nafar tomoshabin qatnashishi mumkin. Ayni holat chiptalar bozoriga, xavfsizlik holatiga ta’sir ko‘rsatadi, deyiladi insidethegames sayti xabarida.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin o‘yinlar davomida har kuni 30 ming nafar xavfsizlik xodimi safarbar qilinishini aytgandi. Ochilish marosimida ularning soni 35 ming nafarga ko‘payishini taxmin qildi.
Platformalardagi o‘rindiqlar 90 yevrodan 2700 yevrogacha bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi Le Parisiyen “Parij 2024″ga bergan intervyusida.
VIP-stend qavatdagi joylar narxi 5500 yevrodan boshlanishi, eng yuqori narxlar esa kruiz kemasidan Sena yaqinidagi sport delegatsiyalarini ko‘rishga imkon beradigan joy bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, narxlar “potensial mijozlarning fikridan kelib chiqqan holda keng bozor tadqiqotlaridan so‘ng e’lon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 2024 yil 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA