Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Qanliko‘l tumani hududidan o‘tadigan “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lida yo‘l harakati hodisasi ro‘y bergan. Tumandagi “Assalom” kafesi oldidan Qo‘ng‘irot tumani tomoniga harakatlanayotgan I.Sh. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan uch fuqaroni urib ketdi.
Oqibatda ikki fuqaro voqea ro‘y bergan joyda vafot etdi. Tan jarohati olgan yana bir fuqaro shifoxonaga yotqizildi.
Shuningdek, joriy yil 1 mart kuni kechasi urganchlik fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lada-Largus” rusumli yengil avtomashinani Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tadigan “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lida yo‘l chetida turgan “Kamaz” rusumli avtomashinaga borib urgan. Yo‘l harakati hodisasi oqibatida “Lada-Largus” rusumli avtomashinadagi uch fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.