Nukusda Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha final bosqichi “B” liga musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Uch kun davom etgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 280 nafar sportchi o‘zaro bellashdi.

Bellashuvlarda 16-21 yosh toifasidagi xotin-qizlar o‘rtasida birinchi o‘rinni Xorazm viloyati “Archazor” mahallasi, yigitlar o‘rtasida Farg‘ona viloyati “Bag‘ish” mahallasi egallagan bo‘lsa, 22-26  yosh toifasidagi xotin-qizlar o‘rtasida birinchi o‘rinni Xorazm viloyati “Archazor” mahallasi, yigitlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Navoiy mahallasi sportchilari egalladi. Shuningdek 27-30 yosh toifasidagi xotin-qizlar o‘rtasida Andijon viloyati “Yangi hayot” mahallasi, yigitlar o‘rtasida Farg‘ona viloyati “Ustoz” mahallasi birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA