FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida erkin kurash hamda ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionati musobaqasi yakunlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 260 nafarga yaqin sportchi ishtirok etib, 20 ta vazn toifasida bellashdi.

Keskin va murosasiz kechgan bahslarda N. Safarov (57 kg), G‘. Abdullayev (61 kg), U. Jalolov (65 kg), Z. Otaxonov (70 kg), I. Bekpo‘latov (74 kg), A. Jumaboyev (79 kg), B. Islomov (86 kg) A. Saparniyozov (92 kg), M. Veysalov (97 kg), S. Xolmatov (125 kg) vaznda mutlaq g‘olib bo‘ldi.

G‘olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA