Endi olovsiz ham ovqat pishirish mumkin

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 4-bosqich talabasi Rustam Ahmadjonov “Quyosh qozoni”ni yaratdi.

Bu moslama bir kun davomida quyoshdan issiqlik olib, to‘plangan elektr energiyasi hisobiga taom pishira oladi. Ushbu loyiha “Yosh olimlar kengashi” tomonidan patent olishga tavsiya etiladigan bo‘ldi.

Uning qay darajada foydali va samarali ekanini esa vaqt ko‘rsatadi.

 

O‘zA