Turkiya Turkmaniston fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirishni bekor qildi. Tegishli farmonni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an imzoladi, deb xabar beradi “Atavatan-Turkmaniston”.
Farmon hukumatning 2007 yil 19 iyuldagi qarorini bekor qiladi. Unga ko‘ra, Turkmaniston fuqarolari Turkiyada 30 kungacha sayyohlik maqsadida vizasiz qolishlari mumkin edi.
Avvalroq Turkmaniston hukumati turkmanlar uchun vizasiz rejimni bekor qilish talabi bilan Turkiyaga murojaat qilgani xabar berilgandi.
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi mazkur so‘rovdan maqsadi “Turkmaniston fuqarolarining Turkiya Respublikasida bo‘lish qoidalarini takomillashtirish va uni tizimli asosda joriy etish” bilan izohladi.
Turkiyaning Turkmaniston fuqarolari uchun viza rejimini joriy etishi xalqaro havo qatnovining qisman ochilganidan so‘ng u yerga pul ishlash uchun borayotgan yuz minglab turkman muhojirlari va minglab mamlakat aholisiga ta’sir qiladi.
O‘zA