Davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlashicha, AQSH tizimli ravishda Rossiyaning qurol import qilish kanallarini yopmoqda va kelgusida ham bosimni davom ettiraveradi.
“Hozir Moskva Shimoliy Koreya va Erondan harbiy yordam so‘ramoqda. Chunki biz tizimli ravishda uning qurol import qilish yo‘llarini yopmoqdamiz va bosim o‘tkazishni davom ettiraveramiz”, – dedi Blinken. Davlat kotibining ushbu so‘zlari Vladimir ZelenskiyningTelegram-kanalida namoyish qilingan videomaterialda keltirildi.
Uning aytishicha, toki, Ukrainaga qarshi bosqin to‘xtatilmas ekan, AQSH ushbu siyosatini davom ettiraveradi. Avvalroq, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti jahon siyosati fakulteti dotsenti Aleksey Fenenko go‘yo Rossiya KXDRga qurol so‘rab murojaat qilgani haqidagi Amerika matbuotida tarqalgan xabarlarga izoh berar ekan, ushbu xabarlarning barchasi Rossiyani kuchsiz qilib ko‘rsatish maqsadida tarqatilgan, deb ta’kidlagandi.
Uning aytishicha, Rossiya mudofaa sanoati boshqa mamlakatlardan qurol xarid qilishga ehtiyoj tug‘dirmaydigan darajada samarali ishlamoqda.