Mo‘ynoqda Orolning qurigan tubida ilk marotaba o‘tkazilayotgan sohil futboli va voleyboli bo‘yicha “Muynak Sand Cup – 2022” superturniriga start berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Futbol assotsiatsiyasi hamda Mo‘ynoq tumani hokimligi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan sohil futboli bo‘yicha musobaqada shahar va tumanlardan 8 ta jamoa ishtirok etmoqda. Shundan “Mo‘ynoq-1”, “Mo‘ynoq-2”, Qo‘ng‘irot va To‘rtko‘l tumanlari jamoalari yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, voleybol bo‘yicha 13 ta erkaklar, 12 ayollar jamoasi ishtirok etmoqda.

Sohil futboli va voleyboli bo‘yicha “Muynak Sand Cup – 2022” superturniri g‘oliblari 26-iyun kuni aniqlanadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA