Tunisda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida davom etayotgan Jahon kubogi bosqichining saralash bahslaridan so‘ng hamyurtimiz Zaynab Dayibekova medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

U bugun 1/64 final bosqichida yaponiyalik raqibiga qarshi jang bilan musobaqani davom ettiradi.

Dunyoning eng kuchli sablyachilari jam bo‘lgan mazkur musobaqada terma jamoamiz ham asosiy tarkibda ishtirok etmoqda.

Zaynab Dayibekova, Paola Pliyego, Aysulu Usnatdinova, Guliston Perdibayeva va Samira Shokirova kabi sportchilarimiz musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Jahon chempionati dasturiga binoan sportchilar yakkalik va jamoaviy dasturlarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

T.Ro‘ziyev,O‘zA