Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko 24 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Tashrif dasturida ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari ishtirokida muzokaralar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.