Pokiston bosh vaziri Imron Xon Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashib, Ukraina mojarosi tezroq yakunlanishiga umid bildirdi. Bu haqda chorshanba kuni Pakistan Today gazetasi Pokiston hukumati rahbarining matbuot konselyariyasiga tayanib ma’lum qildi.
“Imron Xon suhbat chog‘ida Ukrainada harbiy harakatlar hamon davom etayotganidan chuqur afsus bildirdi va Pokistonning qat’iy pozitsiyasi Ukrainadagi mojaro tinch muloqotlar va diplomatiya yo‘li bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat ekanini ma’lum qildi”, – deyiladi xabarda.
Pokiston hukumati rahbari suhbat chog‘ida Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha Moskva bilan Kiyev muloqotiga yordam berishga tayyor ekanini aytgan. Uning aytishicha, Ukrainadagi mojaro rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, neft va boshqa tovarlar narxi oshmoqda. Shunga qaramay, Pokiston Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor.
Islomobod mart oyida ikki marta yordam jo‘natdi. Shuningdek, Imron Xon Ukraina hukumatining pokistonlik talabalar, fuqaro va diplomatlarini urush bo‘layotgan joylardan ko‘chirishda yordam bergani uchun Prezident Zelenskiyga minnatdorchilik bildirdi.