O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari o‘rtasida mini bo‘yicha musobaqa bӯlib ӯtdi.

Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga, soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borayotgan soha xodimlari sportta ham o‘zlarining jismoniy faolligini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqani ӯtkazishdan maqsad, sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishdan iborat.

Musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri