NATO AirPolicing missiyasi doirasida Amerikaning yana qo‘shimcha sakkizta F-15 qiruvchi samolyoti Polshaga yetib keldi, deya ma’lum qildi respublika mudofaa vaziri Mariush Blaak.
Avval ham NATOAirPolicing doirasida Polsha hududiga Amerikaning 15 ta F-15 jangovar samolyoti joylashtirilgan edi. NATOAirPolicing missiyasi tinchlik paytlarda amalga oshiriladi. Missiyaning maqsadi Shimoliy Atlantika ittifoqining havo kengliklari xavfsizligini ta’minlashdan iborat ekani aytiladi.
NATOAirPolicing missiyasi NATO havo kengliklarida qiruvchi samolyotlari va ekipajlarining bo‘lishini, havo kengliklari buzilishi ehtimoliga qarshi tezkor tayyor turishni nazarda tutadi. Ayni paytda Polshaga AQSH 1,7 ming, Buyuk Britaniya 350 nafar askarini joylashtirmoqda.